1

AQSh va Buyuk Britaniyada tayyorlanayotgan koronavirus vaksinalari ham ijobiy natija bermoqda

Dunyo 16.07.2020, 16:14
AQSh va Buyuk Britaniyada tayyorlanayotgan koronavirus vaksinalari ham ijobiy natija bermoqda

Ayni paytda dunyoda koronavirusga qarshi yuzdan ortiq vaksina ustida ish olib borilmoqda. Quvonarlisi, AQSh va Buyuk Britaniyada yaratilayotgan vaksinalar samara berayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Britaniyadagi Oksford univertiteti olimlari tomonidan yaratilgan vaksina allaqachon millionlab dozada ishlab chiqarilib bo`lindi. Endi uning sinovlardan muvaffaqiyatli o`tishi kutilmoqda. Olimlar ushbu vaksinaning sentyabr oyiga qadar barchaga etkazib berilishiga 80 foiz ishonchlari komil ekanligini aytishgan.

Hozirda Oksford universiteti tayyorlayotgan vaksina sinovlarning ikkinchi bosqichidan o`tmoqda. Ushbu bosqich ko`proq odamlarni qamrab olayotgan bo`lib, vaksina Britaniyaning o`zida 8000 kishida, Braziliya va Janubiy Afrikada esa yana 6000 kishida sinalmoqda.

Oksford olimlari rahbari Sara Gilbert shu oyning boshida ushbu vaksinaning bir martalik dozasi bir necha yil koronavirusdan himoyani ta`minlashi mumkinligini aytgandi.

“Vaksinalarning immunitetga ta`sir qilishi turlicha bo`ladi. Biz o`z tadqiqotlarimizda qatnashgan odamlarda koronavirusga qarshi kuchli immunitet shakllanganini ko`rmoqdamiz. Biz vaksinaning qancha muddat ta`sir qilishini tekshirib ko`rishimiz kerak. Bizda bu haqda aniq ma`lumotlar yo`q ekan, vaksinaning ta`sir muddatini aniq bilmaymiz. Lekin, oldingi tadqiqotlarimizdagi ma`lumotlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, vaksina tufayli odam organizmida infeksiyaga qarshi immunitet kamida bir necha yil davomida saqlanib qoladi va bu immunitet organizm hosil qiladigan tabiiy immunitetdan yaxshiroq bo`ladi” deydi Gilbert.

Shuningdek, AQShdagi Moderna kompaniyasi ham o`zi yaratayotgan vaksinaning dastlabki sinov bosqichida qatnashgan 45 nafar qatnashchining barchasida koronavirusga qarshi immunitet hosil bo`lganini ma`lum qildi. Lekin, qatnashchilarning yarmidan ko`pida vaksinaning engil bo`lgan aks ta`siri kuzatilgan bo`lib, ularda bosh og`rig`i, charchoq va muskullar og`rishi yuz bergan.

Moderna o`z vaksinasining ikkinchi bosqichini shu oyning oxirida boshlashni rejalashtirgan va unda 30 000 kishi qatnashadi. AQSh hukumati Moderna kompaniyasining vaksinasi uchun hozirgacha yarim milliard dollar miqdoridagi mablag` ajratishga va`da bergan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1