Xususiy dorixonalar o`zlari olib kelgan dorilarni istagan narxda yoki ustiga belgilangan qanchadir foizdan ortiq bo`lmagan narxda sotishi mumkinmi?
Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova quyidagicha javob berdi:
Dori-darmonlarga narx belgilashda ulgurji realizasiya uchun – sotib olinish narxidan 15% dan ortiq bo`lmagan, chakana realizasiya uchun - ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo`lmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilangan.
Asos — Prezidentning 2016 yil 31 oktyabrdagi 2647-son “Aholini dori vositalari bilan ta`minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida” qarori.
Shuningdek, chetdan olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat`i nazar, ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilanadi.






