Ijtimoiy tarmoqlarda Shaxrisabz shahrida 4 nafar qizning o`zaro janjallashib, bir-birini kalataklashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.
Ma`lum qilinishicha, videoda hayosizlarcha bir-birini do`pposlagan ushbu qizlar shaxrisabzlik va kitoblik bo`lib, oldindan tanish bo`lishgan. 10-iyul kuni telefon orqali janjallashib qolishadi va o`zaro uchrashish uchun Shaxrisabz shahar, "Bog`ibahor" MFY, Fusunkor ko`chasini tanlashadi. Janjalga voyaga etmagan qizni ham jalb etishadi.
Shu o`rinda bir savol tug`iladi mamlakatimizda karantin e`lon qilinib, hamma uyda o`tirgan vaqtda bu qizlar niqob taqish u yoqda tursin, jamiyatda o`zini tutish qonun qoidalarini ham mensimay, bezorilik qilishganini qanday baholash mumkin. Nahot bu qizlarning yurish turishidan ota-onasi, qarindosh-urug`i, mahalla-kuy bexabar bo`lishsa...
Mazkur holat yuzasidan ushbu qizlarning har biri shahar Ma`muriy sudi tomonidan Ma`muriy javobgarlik kodeksining 54 va 183 moddalariga asosan 5 sutkaga qamaldi. Shuningdek sud voyaga etmaganligini inobatga olib janjalga aralashgan qizga tegishli hujjatlarni ko`rib chiqish uchun Voyaga etmaganlik ishlari bo`yicha Kitob tuman idoralararo komissiyasiga yuborildi.
video:






