Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Markaziy bank axborot xizmati rahbari Akmal Nazarov quyidagicha javob berdi:
Mumkin. Onlayn tarzda kredit olishga ehtiyoj paydo bo`lgan taqdirda, mijozlar tegishli banklar mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarzlar va kredit kartalari kabi bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun faqat jismoniy shaxslardan kreditni qaytarish imkonini beruvchi doimiy ish haqiga ega bo`lishlari talab etiladi.
Hozirda ushbu xizmat turlari deyarli barcha tijorat banki tomonidan taqdim etilmoqda va ularning shartlari bilan banklarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda mobil ilovalari orqali axborot olish mumkin.






