Toshkentda erusti metrosi ostidan er olib berishni va`da qilib, 4 ming dollar pora olgan hokimlik xodimi ushlandi

Jinoyat 16.07.2020, 20:24
Toshkentda erusti metrosi ostidan er olib berishni va`da qilib, 4 ming dollar pora olgan hokimlik xodimi ushlandi

Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining mas`ul xodimi 4000 dollar pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda DXXdagi manbaga tayanib Daryo xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hokimlik mas`ul xodimi mahalliy tadbirkorga Yashnobod tumani Ohangaron shoh ko`chasi bo`ylab o`tgan erusti metrosi tagidagi bo`sh erlardan tijorat maqsadida foydalanishi uchun rasmiylashtirib berishni va`da qilgan. Evaziga 4 ming dollar so`ragan.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlarining shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs talab qilingan pul mablag`ini olayotgan vaqtida dalil bilan ushlangan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo`lgan shaxslarni aniqlash bo`yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo`lgan Do`stlik bekatidan Qo`yliq bozorigacha bo`lgan yo`nalishi 11 kilometr bo`lib, Do`stlik-2 hamda 2, 3, 4, 5, 6 hamda Qo`yliq bozoridagi 7-bekatlardan iborat. Ayni paytda 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo`nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poezdlar sinov tariqasida harakatlangan.

Yashnobod tuman hokimligi ushbu erusti metro yo`lining «Do`stlik-2» bekatidan «Qo`yliq» bekatigacha bo`lgan masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etgan. Mazkur metro yo`li bo`ylab aholiga maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo`laklari bunyod etish ko`zda tutilgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1