AsosiySIYOSAT

Davlatimiz rahbari yangi loyihalar bilan tanishib, ularni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Avval ma`lum qilganimizdek Prezident Shavkat Mirziyoev 16 iyul kuni videoaloqa orqali neft...

'Davlatimiz rahbari yangi loyihalar bilan tanishib, ularni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi'ning rasmi

Avval ma`lum qilganimizdek Prezident Shavkat Mirziyoev 16 iyul kuni videoaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmasevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari bo`yicha hisobotlar bilan tanishdi. Bu loyihalar qatorida quyidagi yirik sanoat tarmoqlari ham mavjud.

“Navoiyazot” AJda qiymati 18 million dollardan ziyod bo`lgan yana bir loyiha – karbamid formaldegid konsentrati ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmoqda. Joriy yil mart oyida mazkur korxona qurilishi boshlangan, uni kelgusi yil martda foydalanishga topshirish mo`ljallangan. Bu erda yiliga 9 million dollarlik import o`rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, 1 million dollarlik eksport qilinadi, 50 ta ish joyi ochiladi.

Qiymati 12 million dollar bo`lgan karboksimetilsellyuloza asosida reagentlar ishlab chiqarish loyihasi qurilish, burg`ulash, oziq-ovqat sanoati va tibbiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Shu yil mart oyida Yuqori Chirchiq tumanida uning birinchi bosqichi ishga tushirilgan. 2023 yilgacha barcha to`rt bosqich amalga oshirilgach, import o`rnini bosuvchi 9 million dollarlik, eksportga yo`naltiriladigan 13 million dollarlik mahsulot tayyorlanadi. 100 ta ish o`rni tashkil etiladi.

Ko`pikli polipropilen ishlab chiqarish loyihasining qiymati 5 million dollar bo`lib, uning natijasida 40 ta ish o`rni yaratiladi, 8 turdagi yangi mahsulot o`zlashtiriladi. Bu mahsulotlar issiqlik saqlovchi qutilar, xavfsizlik shlemlari, avtomobil o`rindiqlari, o`yinchoqlar va boshqa buyumlar tayyorlashda qo`l keladi. Ushbu korxonani 2021 yil avgustda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishib, ularni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar