AsosiyJamiyat

Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi

'Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi'ning rasmi

Respublikamizdagi barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va bemorlarni davolashga ruxsat berildi.

Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyatga bag`ishlangan shoshilinch yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda O`zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish uzluksizligini ta`minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida birinchi galdagi vazifalar muhokama qilindi. Barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o`tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ta`kidlab o`tildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko`rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo`yicha yordam ko`rsatish topshirig`i berilgan.

    Boshqa yangiliklar