AsosiyJamiyat

Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolash uchun ruxsat berildi

'Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolash uchun ruxsat berildi'ning rasmi

Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyatga bag`ishlangan shoshilinch yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda O`zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish uzluksizligini ta`minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida birinchi galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig`ilishda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o`tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ta`kidlab o`tildi.  

Sog`liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko`rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo`yicha yordam ko`rsatish topshirig`i berilgan.

    Boshqa yangiliklar