AsosiyShou-biznes

Xonanda Kaniza koronavirusga chalinganini ma`lum qildi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kanizaning koronavirusga chalingani haqida gapirgan videolavh...

'Xonanda Kaniza koronavirusga chalinganini ma`lum qildi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kanizaning koronavirusga chalingani haqida gapirgan videolavha tarqaldi.

Unda Kaniza koronovirusga chalinganiga sakkiz kun bo`lganligini, ahvoli borgan sari yomonlashayotganini, necha marotaba qo`ng`iroq qilayotganiga qaramay, "Tez yordam"dagilar go`shakni ko`tarmayotganligini ma`lum qilgan. U so`zining oxirida fuqarolardan zarurat bo`lmasa, iloji boricha, ko`chaga chiqmaslikni, ehtiyot choralarini ko`rishni so`ragan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, "Benom" guruhi xonandasi Komil koronavirusga chalingani xabar qilingan edi.

Boshqa yangiliklar