Karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarlarga Mudofaa vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Bahrom Zulfiqorov javob berdi.
"Karantin kuchaytirildi. Armiyaga ketgan bolalar nima bo`ladi, ularga javob beriladimi?"
– Qurolli Kuchlar safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar harbiy xizmat muddatini to`liq o`taganidan so`ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatiladi va yashash joylariga qaytariladi.
Mamlakatimizda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli joriy yilda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tadbirlari 9 iyun kuni yakunlangan bo`lib, hozirda ular muddatli harbiy xizmatni o`tamoqdalar.
Mazkur muddatli harbiy xizmatchilar harbiy xizmat muddatini to`liq o`tab bo`lganidan so`ng, Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatiladi va yashash joylariga qaytariladi.






