AOKA shuzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova kuchaytirilgan karantin sharoitida fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.
"Farzandim bog`cha yoshiga to`ldi uni hozirda karantin sharoitida davlat bog`chasiga navbatga qanday qilib qo`ysam bo`ladi?"
– Karantin talablarini inobatga olgan holda bugungi kunda bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my gov uz) orqali yuborish mumkin. Buning uchun ota-ona yoki uning o`rnini bosuvchi shaxslarning pasporti va bolaning tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomasi kerak bo`ladi.






