AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari yoz avjiga chiqadi

'Dam olish kunlari yoz avjiga chiqadi'ning rasmi

Bugun O`zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirdi. Markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin. Mamlakatimiz shimoli va cho`l zonasida havo kam bulutli bo`ladi. Harorat 37-40 daraja atrofida bo`ladi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lum qildi.

Dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzgi harorat 39-42 darajagacha ko`tariladi, bu yoz avji uchun me`yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

    Boshqa yangiliklar