AsosiyJinoyat

Namanganda “Agrobank”ning sobiq xodimi boshchiligida 544 mln so`mlik kredit pullari talon-toroj qilindi

'Namanganda “Agrobank”ning sobiq xodimi boshchiligida 544 mln so`mlik kredit pullari talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” To`raqo`rg`on filiali sobiq boshqaruvchisi Sh.B., “M.T.A.” MChJ rahbari G`.T. va boshqalar 2020 yil yanvar-mart oylarida 19 nafar fuqarolarning xabardorligisiz, ularning nomiga issiqxona tashkil etish uchun imtiyozli kredit olish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ular hujjatlarni ATB “Agrobank” To`raqo`rg`on filialiga taqdim etib, mazkur hujjatlar asosida jami 544 mln so`mlik imtiyozli kredit mablag`ini bank kassasidan naqd pul shaklida olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xabar berilishicha, mazkur holat yuzasidan Sh.B., G`.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar