2020 yil 17 iyul soat 17:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15482 (+133) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Samarqand viloyatida hamda 14 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 6622 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






