AsosiyJamiyat

Chiroqchidagi qishloq vrachlik punkti qachon jihozlanadi?

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog`ida yashovchi Elmirza Umarovning tahririyatga qilgan murojaati xuddi shu savolga echim topishga undadi.

Fuqaroning qishloq vrachlik punkti yangi binoga ko`chirilganiga qaramay, hali-hanuz jihozlanmagani yuzasidan yozgan arizasi Qashkadaryo viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o`rganib chiqildi.

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, arizada nazarda tutilgan "Oqtunli" qishloq vrachlik punkti ta`mirlangan va "Salomatlik-2" loyihasi doirasida zarur asbob-uskunalar bilan to`liq ta`minlangan.

Shu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida  qishloqda tibbiy tayanch punkti tashkil qilingan bo`lib, uning asosiy vazifasi shifokorgacha birinchi yordam ko`rsatishdan iborat.

Tayanch punkt kundalik jihoz bilan ta`minlanishga muhtojligi bois qishloq vrachlik punkti mudiriga tegishli ko`rsatmalar berilgan.

 

    Boshqa yangiliklar