“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (443-son, 16.07.2020 y) qabul qilindi.
Qaror bilan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o`zaro elektron hamkorligi tartibi to`g`risidagi nizom hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlaridan ma`lumotlarni tezkor yig`ish va real vaqt rejimida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati monitoring va tahlil qilinishini ta`minlashdan iborat.
Nizomda, shuningdek, geoaxborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari belgilandi.
Jumladan, Toshkent shahar hokimligi geoaxborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi.
Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvaliga asosan sohalar bo`yicha taqdim etilishi nazarda tutilgan ma`lumotlar belgilandi.
Jumladan, sog`liqni saqlash sohasi bo`yicha shifoxona o`rinlarining umumiy soni, bo`sh joylar soni, kasalliklarning turlari va soni, tez yordam avtomashinalarining harakatlanish dislokasiyasi kabi ma`lumotlar taqdim etiladi.






