AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan poytaxtlik bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi

'Koronavirusga chalingan poytaxtlik bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 67 yoshli N.S.da (erkak) joriy yil 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi bilan kechgan. 

Shuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.   

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi. 

    Boshqa yangiliklar