AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 289 nafarga ko`paydi

'O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 289 nafarga ko`paydi'ning rasmi

2020 yil 18 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15896 (+289) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 98 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, yana 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 70 nafari og`ir, 11 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. 

    Boshqa yangiliklar