Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Shifokorlarga navbatdagi hujum!” sarlavhali videolavha yuzasidan
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat o`rganilganda, joriy yilning 10-iyul kuni Quva tumanida istiqomat qiluvchi J.U. ismli ayol o`g`lining sog`ligi yomonlashganligi sababli tuman Tez tibbiy yordam bo`limiga chaqiruv qilgan. Chaqiruvlarni qabul qilish xodimi Z.N.ning 10-15 daqiqadan keyin chaqiruvga xodimlar borishi haqidagi javobidan qoniqmagan ayol J.U tanishlari Z.S va Z.Ya. ismli ayollar bilan birga Quva tumani TTYo binosiga borib, u erda baqir-chaqir qilib, uyatli so`zlar bilan so`kinishib, chaqiruvlarni qabul qilish xonasi oynasini sindirib yuborishgan.
Ushbu voqea joyiga borgan IIB xodimlarini ham qonuniy talablarini bajarishmagan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Quva tumani IIB xodimlari tomonidan MJtKning 54-moddasi, 183-moddasi xamda 194-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Quvasoy shahar MIB sudiga yuborildi.
Quvasoy shahar MIB sudi tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolarning 2 nafariga 10 (o`n) sutka ma`muriy qamoq jazosi yana 1 nafariga esa, BHMning 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan" deyiladi xabarda.






