AsosiyJamiyat

Marg`ilon shahridagi taksi haydovchilarining avtomobillari jarima maydoniga olib kirib qӯyilmoqda

'Marg`ilon shahridagi taksi haydovchilarining avtomobillari jarima maydoniga olib kirib qӯyilmoqda'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi taksi haydovchilarining avtomobillari jarima maydoniga olib kirib qӯyilmoqda. Karantin qonunsizlik degani emasku. YPX. Milliy Gvardiya, SES xodimlari qonunga rioya qilishga sizlar ham majbursizlar." Sarlavhali videolavha yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Farg`ona viloyati IIB  mazkur xabar va unda keltirilgan holatlar yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi tegishli xizmatlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma`lum qiladi. Ushbu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari asosli yoki asossiz ekanligi to`g`risida xizmat tekshiruvi yakunlariga ko`ra matbuotda qo`shimcha xabar beriladi" deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar