AsosiyJamiyat

Poytaxtlik 49 yoshli erkak koronavirus qurboni bo`ldi

'Poytaxtlik 49 yoshli erkak koronavirus qurboni bo`ldi'ning rasmi

Shayxontahur tumanida yashagan 49 yoshli A. A. (erkak)da 14 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti  klinikasiga yotqizilgan, deb yozadi SSV.

Unga COVID-19 infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.  

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17 iyul kuni mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar