Koronavirusga chalingan Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov 18 iyul kuni vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Akmal Irisov 1988 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug`ilgan. Ayni paytgacha u Madaniyat vazirligining Iqtisodiy tahlil, moliya va buxgalteriya boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.
Ta`kidlanishicha, shifokorlar tomonidan unga o`tkir nafas etishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, COVID-19 tashxislari qo`yilgan.
«Madaniyat vazirligi tomonidan uning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etib, chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi xabarda.






