1

Buxoroda o`smirlar va voyaga etmaganlardan tashkil topgan jinoiy guruh qo`lga olindi

Jinoyat 18.07.2020, 19:25
Buxoroda o`smirlar va voyaga etmaganlardan tashkil topgan jinoiy guruh qo`lga olindi

Buxoroda 6 kishidan (o`smirlar va voyaga etmaganlar)dan iborat jinoiy guruh qo`lga olindi. Ular ko`chalarda turgan avtomashinlarning eshigini ochib, salondagi pullar, buyumlarni o`g`irlash bilan shug`ullanib kelishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar qildi. 

Jinoiy guruh joriy yilning 10 iyul kuni taxminan soat 00:10 da Buxoro shahar Abay ko`chasida turgan “Damas” avtomashinasining eshigini ochib, avtomashina salonida bo`lgan uyali telefon quvvatlagichini, hamyon ichida bo`lgan 2 260 AQSh dollari va 500 Rossiya rublini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ular shu kuni taxminan soat 00:40 da Buxoro shahar Jo`bor ko`chasida turgan yana bir “Damas” eshigini ochib, uning ichida bo`lgan 100.000 so`mlik ko`zoynakni o`g`irlashgan.

Olib borilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari jarayonida gumon qilinuvchilardan o`g`irlangan pullar, hamyon, ko`zoynak ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo`yicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1