AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi innovasion akademiya ochildi

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Samsung” innovasion servis akademiyasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Ushbu akademiyaning ochilishi bilan mobil qurilmalar va raqamli televizorlarga xizmat ko`rsatish hamda ta`mirlash kurslari ham tashkil etildi. 

“Samsung” innovasion servis akademiyasi” loyihasi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, “Samsung Electronics” kompaniyasi va O`zbekiston Ekologik harakati hamkorligida amalga oshirilganini ta`kidlash joiz. Ushbu loyiha yoshlarni ishga joylashtirish uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish, xizmat ko`rsatish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashning yangi standartlarini taklif etishga yo`naltirilgan. 

“Samsung” innovasion servis akademiyasi zamonaviy jihozlar bilan ta`minlangan auditoriya, ikkita laboratoriya va boshqa binolardan iborat majmuadir. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining uchinchi bosqich o`quvchilari akademiyaning birinchi tinglovchilariga aylanadi. Akademiyani muvaffaqiyatli bitirganlarga «Samsung Electronics» kompaniyasi sertifikatlari topshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar