Kecha AOKA huzuridagi shtabda Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo`jaev ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda hokimlik tomonidan pandemiya sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi:
Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari xatlovdan o`tkazildi va 2358 ta koyka zaxirasi shakllantirildi.
Shundan:
🛏 Bektemir tumanida — 6-son shahar klinik shifoxonasida 110 ta koyka;
🛏 Mirzo Ulug`bek tumanida — Respublika nogironlar reabilitasiya markazida 130 ta koyka;
🛏 Mirobod tumani — 3-son shahar klinik shifoxonasida 100 ta koyka; 1-Respublika klinik shifoxonasida 100 ta koyka;
🛏 Olmazor tumani — 2-Tibbiyot akademiyasi (ToshMI-2)da 412 ta koyka;
🛏 Uchtepa tumani — Jahon tillari universiteti yotoqxonasida 350 ta koyka;
🛏 Chilonzor tumani — Toshkent viloyati Markaziy shifoxonasida 120 ta koyka;
🛏 Yunusobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 300 ta koyka hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 400 ta koyka;
🛏 Yashnobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 156 ta koyka, 4-son shahar klinik shifoxonasi (TaPoiCh)da 30 ta koyka, 2- yuqumli kasalliklar shifoxonasida 50 ta koyka va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya tibbiyot markazi 100 ta koyka.
Toshkentdagi yana 10 ta xususiy klinika koronavirus kasalligini davolash bo`yicha amaliy yordam berishiga tayyor ekanini bildirdi.
Ushbu klinikalarda ayni paytda 276 ta koyka tayyor holga keltirilgan. 11 ta klinikada MSKT apparatlari o`rnatilgan. 7 tasida PZR test o`tkazish uchun laboratoriyalar bilan jihozlangan.






