AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

'O`zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Karim Bahriev o`zining feysbukdagi sahifasida ma`lum qildi.

Shukrullo Yusupov 1921 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Xalq shoiri unvonidan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. 

Uning dastlabki she`riy to`plami “Birinchi daftar” va “Qalb qo`shiqlari” 1949 yilda nashr etilgan.

Ijodkor “Javohirlar sandig`i”, “Kafansiz ko`milganlar”, “Tirik ruhlar” kabi xotira asarlar muallifi ham sanaladi.

    Boshqa yangiliklar