AsosiyJamiyat

Onlayn ro`yxatdan o`tishda muammolarga duch kelayotgan abiturientlarga muhim ma`lumot havola etildi

'Onlayn ro`yxatdan o`tishda muammolarga duch kelayotgan abiturientlarga muhim ma`lumot havola etildi'ning rasmi

Pasport yoshiga etmagan yoki pasport yoshiga etgan, ammo olishga ulgurmagan abiturientlar kirish imtihonlariga ro`yxatdan o`tish uchun ichki ishlar bo`limlaridan 09-shakl ma`lumotnoma olishlari lozim.

Oliy ta`lim tizimi matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, 09-shakl ma`lumotnoma olish uchun abiturient o`z hududidagi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlari (pasport stol)ga murojaat qilishi kerak bo`ladi.

Shundan so`ng ular o`z hududiga yaqin bo`lgan istalgan OTMga murojaat qiladi. Bunda 09-shakl ma`lumotnoma (asl nusxa), maktab shahodatnomasi yoki kollej/lisey diplomi (asl nusxa) va mavjud bo`lsa, imtiyoz qo`llashga asos bo`luvchi hujjatlarning asl nusxasi talab etiladi.

«Fuqarolik pasportini yaqinda olgan, ammo Davlat test markazining dasturidan abiturient sifatida ro`yxatdan o`ta olmayotgan fuqarolar esa mazkur fuqarolik pasportlari bilan yashash joylariga yaqin bo`lgan OTMlarga murojaat qilishlari so`raladi», deyiladi vazirlik axborotida.

09-shakl ma`lumotnoma orqali ro`yxatdan o`tish esa faqatgina kirish imtihonlariga taalluqli bo`lib, abiturientlarga test sinovlari boshlangunga qadar fuqarolik pasportini olish tavsiya etiladi. Fuqarolik pasportisiz test sinovlariga kirishga ruxsat etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar