1

Qashqadaryoda SEOM mansabdorlari dezinfeksiya ishlari uchun ajratilgan byudjet pullarini o`zlashtirib yubordi

Jinoyat 19.07.2020, 16:32
Qashqadaryoda SEOM mansabdorlari dezinfeksiya ishlari uchun ajratilgan byudjet pullarini o`zlashtirib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma`lum qilshicha Qarshi shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi sobiq rahbari Sh.Sherov, bo`lim boshlig`i B.Boymurodov va boshqalar 500 mln. so`mga yaqin pulni o`z foydasiga o`zlashtirib yuborishgan.

 Ular mansab vakolatlarini suiiste`mol qilib, markaz hisobiga tushishi lozim bo`lgan 480,1 mln. so`m mablag`larini, markazda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab to`lanishi, ishlagan xodimlarga ortiqcha ish haqi hisoblanishi va to`lanishi natijasida, 271,6 mln. so`m,  “gipoxlorid kalsiy” dizenfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan 166,1 mln. so`m qimmat narxlarda sotib olishib, jami 917,8 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilishgani aniqlangan.

03.07.2020 yilda bo`lim tomonidan Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi sobiq rahbari Sh.Sherov, “Viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi huzuridagi xo`jalik hisobidagi pullik xizmat ko`rsatish va sanitariya-epidemiologiya xulosa berish bo`limi” boshlig`i R.Boymurodov va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1