Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 47 yoshli M.K. (ayol)da joriy yil 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi, yurak ishemik kasalligi tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator disstres sindrom, nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda gipertoniya hamroh kasalligi bo`lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.






