AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 55 foizi sog`aygan

'O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 55 foizi sog`aygan'ning rasmi

2020 yil 19 iyul soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 (+178) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 113 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 26 nafar, Sirdaryo viloyatida 14 nafar hamda Andijon viloyatida 11 nafar, jami 51 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 9 178 (+51) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 344 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar