AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirus bilan kasallangan 65 yoshli erkak vafot etdi

'Toshkentda koronavirus bilan kasallangan 65 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan 65 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Xabarda qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli K.G. ismli erkakda 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Bemor doimiy ravishda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, surunkali o`pka obstruktiv kasalligi bilan davolanib yurgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashgan bemor mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, o`tkir nafas va yurak-qon tomir etishmovchiligidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

    Boshqa yangiliklar