“Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Loyiha bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan lisenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlari ro`yxati e`lon qilindi:
| T/r | Bekor qilinadigan ayrim lisenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillarining nomi | Lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi vakolatli organ | Tartibga solish mexanizmi |
| I. Lisenziyalanadigan faoliyat turlari | |||
| 1. | Auditorlik faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | Auditorlik xizmatlarini ko`rsatish huquqi Moliya vazirligida akkreditasiyadan o`tgan auditorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalariga a`zo bo`lgan tashkilotlarga berilishini belgilash. Auditorlarni majburiy sertifikatlash. |
| 2. | Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi | Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishda jamoatchilik nazoratini rivojlantirish. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish. |
| 3. | Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi | Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishda jamoatchilik nazoratini rivojlantirish. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish. |
| 4. | Qimmatli qog`ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki | Qimmatli qog`ozlar blankalarini ishlab chiqish faoliyati bilan faqat “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishini o`rnatish. |
| 5. | Lotereyalar tashkil etish faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi | Lotereyalar tashkil etishda tender asosida yagona operatorni tanlab olish tartibini joriy etish, shuningdek lotereyalar tashkil etishdan tushgan daromadning kamida 30 foizini ijtimoiy maqsadlarga yo`naltirish. |
| 6. | Telekommunikasiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko`rsatish faoliyatini lisenziyalashda: umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko`rsatish; qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan mahalliy telekommunikasiyalar tarmoqlaridan foydalanish, xizmat ko`rsatish; qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan shaharlararo telekommunikasiyalar tarmoqlaridan xizmat ko`rsatish; qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xalqaro telekommunikasiyalar tarmoqlaridan xizmat ko`rsatish. | O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi | Telekommunikasiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalashning boshqa yo`nalishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solish. |
| 7. | Iste`mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini lisenziyalashda: pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi | Texnik jihatdan tartibga solish. Mahsulotni sertifikatlash. Ishlab chiqarish jarayonining sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to`g`risidagi xulosa. |
| 8. | Qimmatli qog`ozlar bozoridagi professional faoliyatni lisenziyalashda: investisiya fondi faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi | Investisiya fondini aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish. “Investisiya va pay fondlari to`g`risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi va “Qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida”gi qonunlar talablariga rioya etish. |
| 9. | Ko`priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta`mirlashni lisenziyalashda: ko`priklar va tonnellardan foydalanish faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi | Texnik jihatdan tartibga solish. Ekspluatasiya nazorati tadbirlari. |
| 10. | Mudofaa ob`ektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta`mirlash | O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi | Mudofaa organlarining qurilish tashkilotiga rejim ob`ektlarida faoliyatni amalga oshirishiga ruxsat berish. Ekspluatasiya nazorati tadbirlari. Ob`ekt rejimida belgilangan qoidalarga rioya etish. |
| 11. | Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizasiya qilish, ta`mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini lisenziyalashda: axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish; axborotning kriptografik himoya vositalarini ta`mirlash; axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalanish | O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati | Axborotning kriptografik himoya vositalarini tayyorlash, ishlab chiqarish va realizasiya qilish faoliyatini lisenziyalashning boshqa yo`nalishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solish. |
| 12. | Baholash faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatga olish. Baholovchilarga malaka sertifikati berish. O`zini-o`zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish uchun baholash tashkilotlarining Davlat aktivlarini boshqarish agentligida akkreditasiyadan o`tgan jamoat birlashmalariga a`zoligini belgilash. |
| 13. | Rieltorlik faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatga olish. Rieltorlarga malaka sertifikati berish. O`zini-o`zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish uchun rieltorlik tashkilotlarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligida akkreditasiyadan o`tgan jamoat birlashmalariga a`zoligini belgilash. Yagona multilisting tizimini (ko`chmas mulk bozorining elektron platformasini) joriy qilish. |
| 14. | Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo`yicha faoliyat | Tuman (shahar) hokimliklari | Tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatga olish. Savdo ob`ektida yong`in xavfsizligini ta`minlash va qo`riqlash-signalizasiya xizmatiga ulanish. Harbiy kiyim-boshni faqat harbiy xizmatchilarga realizasiya qilish. |
| 15. | Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati | O`zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi | Geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun lisenziya. Gelogiya qidiruv ishlari yakunlarini hisobga olish. Foydali qazilma koni joylashgan er uchastkasiga lisenziya. Kon ajratish dalolatnomasi. |
| 16. | Farmasevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish bundan mustasno): tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish; tibbiy buyumlarni tayyorlash; tibbiy buyumlarni ulgurji realizasiya qilish; dorivor o`simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizasiya qilish. | O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi | Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyatini texnik tartibga solish. Dorivor o`simliklarni ro`yxatga olish. Mahsulotlarni sertifikatlash.
|
| 17. | Yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlash, yong`indan darak beruvchi va yong`indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalashda: Yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlash, yong`indan darak beruvchi va yong`indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish. | O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo`yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. Loyiha-smeta hujjatlari arxitektura-shaharsozlik kengashlari va Qurilish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari tomonidan ko`rib chiqish va kelishish. Ob`ektlarning zilzilaga bardoshliligi va yong`in xavfsizligi bo`yicha loyihaviy echimlari Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ekspertizadan o`tkazish. |
| 18. | Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini lisenziyalashda: yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati; yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyati. | O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi | Transport vositalarini har yili majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish. Avtotransport vositalarini yo`lga chiqishdan oldin texnik ko`rikdan o`tkazish. IIV Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan yo`llarda nazoratning amalga oshirish. |
| II. Ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar | |||
| 19. | Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma. | O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi | Chet el fuqarosiga O`zbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma. Korxonalarga xorijiy ishchi kuchini jalb chilishning maksimal kvotasi belgilash. |
| 20. | Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tkazish uchun maxsus ruxsatnoma | O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi | Ichki buyruqni qabul qilish orqali amalga oshirish. |
| 21. | Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnoma | O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi | Milliy muzey fondining Davlat katalogi hisobini yuritish. |
| 22. | Jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish yoki sport inshooti pasporti | O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi | Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish yoki sport inshootini foydalanishga qabul qilish. Musobaqalar o`tkazilishidan oldin sport inshootining belgilangan standartlarga mos kelishini tekshirish. |
| 23. | Sug`urtalovchining moliyaviy ahvolini sog`lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish | O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug`urta bozorini rivojlantirish agentligi | Sug`urtalovchining moliyaviy ahvolini sog`lomlashtirish chora-tadbirlariga qo`yilgan asosiy talablarni belgilash. Sug`urtalovchining moliyaviy ahvolini nazorat qilish. |
| 24. | Yuridik shaxslar-rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlar ochishga ruxsatnoma | O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki | Valyutaga oid qonunchilik ustidan nazoratni amalga oshirish. Jinoiy yo`l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi chora-tadbirlar. |
| 25. | Banklarda auditorlik tekshirishlarini o`tkazish huquqiga sertifikat | O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki | Banklarda auditorlik tekshirishlarni o`tkazmoqchi bo`lgan auditorlik tashkiloti shtatida Markaziy bankning sertifikatiga ega kamida ikkita auditorning mavjud bo`lishi. |
| 26. | Ob`ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yo`l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasi | O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi | Temir yo`l ob`ektlari, mahsulotlari va texnologiyalarning xalqaro sifat standartlari va temir yo`lda tashishlar xavfsizligiga muvofiqligini ta`minlash choralari. Temir yo`l harakat tarkiblari hamda yo`llarini ta`mirlash turlari bo`yicha amalda bir qator normativ hujjatlar (davlat hamda tashkilot standarlari, texnik shartlar, qo`llanmalar, qoidalar va yo`riqnomalar) mavjud. |
| 27. | Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik echimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish | O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi | Akkreditasiyadan o`tgan ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yo`l tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish to`g`risidagi texnik echimni olish va unga rioya qilish. |
| 28. | Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarni tashlash bilan bog`liq yangi korxonalarni qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish | O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi | Loyiha-smeta hujjatlari arxitektura-shaharsozlik kengashlari va Qurilish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari tomonidan ko`rib chiqish va kelishish. Ob`ektlarning zilzilaga bardoshliligi va yong`in xavfsizligi bo`yicha loyihaviy echimlari ekspertizadan o`tkazish. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarni tashlash bilan bog`liq yangi korxonalarni foydalanishga qabul qilish. |
| 29. | Bino va inshootlarni, suv ta`minoti, kanalizasiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa ob`ektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiena me`yorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish | O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi | Loyiha-smeta hujjatlari arxitektura-shaharsozlik kengashlari va Qurilish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari tomonidan ko`rib chiqish va kelishish. Ob`ektlarning zilzilaga bardoshliligi va yong`in xavfsizligi bo`yicha loyihaviy echimlari ekspertizadan o`tkazish. |
| 30. | Kabel televideniesi tarmoqlarini loyixalashtirish qurish yoki sotib olish, o`rnatish, olib kirish va foydalanish turidagi ruxsatnoma | O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi | Telekommunikasiyalar to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish. |
| 31. | Trenerlik faoliyatiga ruxsatnoma | O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi | Tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatga olish. Trenerlar malakasini oshirish natijalari yuzasidan tegishli malaka sertifikatini olish. |






