2020 yil 20 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 966 (+214) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 34 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 7 599 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 81 nafari og`ir, 23 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






