AsosiyJamiyat

Endi Toshkent shahar hokimligi kam ta`minlangan bemorlar uchun 390 ming so`mdan to`lab beradi

'Endi Toshkent  shahar hokimligi kam ta`minlangan bemorlar uchun 390 ming so`mdan to`lab beradi'ning rasmi

Xabaringiz bor, endilikda xususiy klinikalar ham "Covid-19" bilan xastalangan bemorlarni davolashi mumkin.  

Hozirgi virus tarqalishi kuzatilayotgan paytda, respublika va shahar klinikalari bilan bir qatorda ushbu kasallikni davolashga kirishgan xususiy klinikalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida, agarda ular poytaxtimizdagi kam ta`minlangan oila vakillarini davolash uchun qabul qilsa, ularga mazkur bemorlarning har biri uchun bir o`ringa kunlik 300 ming so`m, dori-darmonlar uchun esa 90 ming so`m to`lov hokimlik tomonidan to`lab beriladi. Bu haqda  Toshkent shahar hokimligi ma`lum qildi. 

"Sinovli kunlardan yorug` yuz bilan o`tib olishimizga hissa qo`shayotgan har kimdan minnatdormiz" deb yoziladi xabarda, 

    Boshqa yangiliklar