AsosiyJamiyat

O`tgan yil shu paytda 47 daraja issiq bo`lgan. Bu hafta esa O`zbekistonda qanday harorat kuzatilishi ma`lum qilindi

'O`tgan yil shu paytda 47 daraja issiq bo`lgan. Bu hafta esa O`zbekistonda qanday harorat kuzatilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Butun ish haftasi mobaynida O`zbekiston hududida ob-havo issiq va quruq bo`ladi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

 Faqat bugun va ertaga respublikaning tog`oldi va tog`li tumanlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Harorat bu kunlarda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi, respublikaning ayrim joylarida (asosan, bu mamlakatimizning janubiy va cho`l zonalari) termometr ustunchasi 42 darajaga etadi, bu me`yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

Harorat fonining yuqori bo`lishiga qaramasdan, bu bizning mintaqa uchun anomal harorat emas. Shunday, masalan, 2018-2019 yillarda xuddi shu davrda kunduzgi harorat 40-43 darajagacha etgan. Respublikamiz shimoli va cho`l zonasida harorat qiymatlari 44-46 daraja bo`lgani qayd etilgan. Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019 yil 20 iyulda qayd etilgan, o`shanda havo harorati termometr ustunchasining 47,7 daraja ko`rsatkichida to`xtagan.

    Boshqa yangiliklar