AsosiyJamiyat

Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin

'Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin'ning rasmi

Ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin, lekin hali so`nggi xulosa berilganicha yo`q. Bu haqida O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti prorektori Alisher Matyoqubov O`zAga bergan intervyusida ma`lum qildi.  

— Hozircha o`zgarish yo`q, lekin, bugungi jarayonni inobatga olgan holda bu masala ham ko`rib chiqildi va shunday xulosa ham qilindi. Biroq hali rasman e`lon qilingani yo`q. Bundan qo`rqmaslik kerak. O`tgan yili bizda uchta blokdan imtihon topshirilgan edi. Ya`ni, ona-tili adabiyot, ikkinchi blok ijodiy va chet-tili edi. Agar ijodiy imtihon bo`lmasa ona-tili va chet-tilidan imtihon topshiriladi. Hozir pandemiya sharoitida ijodiy imtihonning tashkiliy jihati muammo tug`dirayapti. Menimcha, bu yil ijodiy imtihonlar qoldiriladi, – dedi Alisher Matyoqubov.

 

    Boshqa yangiliklar