AsosiyJamiyat

Koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmaydi

'Koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha  hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmaydi'ning rasmi

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Habibulla Oqilov AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi:   

➖ Virusning inkubasion davri 2 kundan 12 kungacha cho`zilishi mumkin. Lekin o`rtacha 7 kunni tashkil etadi.

Ya`ni, koronavirus yuqqandan keyin 2 kundan 12 kungacha o`z simptomlarini sezdirmaydi.

Eng yomoni, bu vaqtda virus tashuvchi kishi o`zining xastalanganini bilmagan holda muloqotga kirishgan boshqa kishiga yuqtirishi mumkin.  

Undan ham yomoni esa — mazkur davrda hech qanday teplovizorlar kasallik mavjudligini aniqlashga qodir emas.

    Boshqa yangiliklar