1

Qashqadaryoda tuman Sanitariya nazorat inspeksiya boshlig`i niqob taqmaganlardan pora olayotganda qo`lga tushdi

Jinoyat 20.07.2020, 15:48
Qashqadaryoda tuman Sanitariya nazorat inspeksiya boshlig`i niqob taqmaganlardan pora olayotganda qo`lga tushdi

Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati   ma`lum qilishicha, tuman sanitariya nazorat inspeksiyasi boshlig`i S.N.  jamoat joyida niqob taqmasdan yurganligi holati bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan tartibbuzarlar  Yu.Bo`ronova va R.Ismatova(ism familiyasi o`zgartirilgan)lardan ma`muriy jarima qo`llamaslik evaziga 800 ming so`m pulni pora tariqasida talab qilgan. Shu yilning 16 - iyul kunida 200 ming pulni pora tariqasida olib, qolgan 600 ming pulni 17 - iyul kuni soat 13:15 da Kitob tumani markazidagi eski avtoshohbekat oldida olayotgan vaqtida qo`lga tushgan.

Ayni paytda unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 - moddasi 2- qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi qo`llanilib qamoqqa olingan.

Shu o`rinda, bir mulohaza beixtiyor shuuringizda yolqinlanadi.Butun mamlakatda pandemiya sababli kechayotgan murakkab vaziyatda bu holatni nima deb baholash mumkin.Ya`ni, aholi salomatligi uchun mas`ul, davlatning bugungi kunda eng ishongan soha xizmatchisi sifatida SNI boshlig`ining hatti harakatlari qanday mezonlarga to`g`ri keladi?  

Xalqimizda bor bo`lgan  "Hamma to`y bilan, bo`ri qo`y bilan"degan maqol mazmuni shumikan yoki?!

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1