AsosiyJamiyat

O`ta og`ir ahvolda reanimasiyaga yotqizilgan Koronavirusni yuqtirib olgan poytaxtlik 42 yoshli erkak ham vafot etdi

'O`ta og`ir ahvolda reanimasiyaga yotqizilgan Koronavirusni yuqtirib olgan poytaxtlik 42 yoshli erkak ham vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ning ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. (erkak)da joriy yil 17 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u o`ta og`ir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan va sun`iy nafas berish apparatiga o`tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o`tkir nafas etishmovchiligining 4-darajasi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensasiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og`irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan u o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar