Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi va unga jalb qilingan volontyor (ko`ngilli) yoshlar faoliyati to`g`risida ma`lumot berildi.
Aytilishicha, 2020 yil 19 iyul kuni hududlardagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga jami 6 085 ta murojaat kelib tushgan. Hududlarda tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 6 642 ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga hayriya yordami ko`rsatilgan.
Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida 19 iyul kunida yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga hayriya yordami ko`rsatilmagan.
Hozirda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida jami 2 888 nafar volontyor yoshlar «Call-markaz»larda aholi murojaatlarini qabul qilish hamda xonadonlarga mahsulotlar etkazib berishga ko`maklashmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasida — 248 nafar, Andijon viloyatida — 450 nafar, Jizzax viloyati — 95 nafar, Qashqadaryo viloyati — 167 nafar, Navoiy viloyati — 221 nafar, Sirdaryo viloyati — 132 nafar, Surxondaryo viloyati — 102 nafar, Toshkent viloyati —141 nafar, Farg`ona viloyati — 1 177 nafar, Xorazm viloyati — 60 nafar va Toshkent shahrida — 95 nafar volontyor yoshlar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyatiga jalb qilingan.
2020 yil 14 iyuldan 19 iyulga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga jami 38 716 ta murojaat kelib tushgan va Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 68 279 ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari ko`rsatilgan.






