1

Aholi murojaatlari, shoshilinch yordam mashinalari, dori-darmon ta`minoti bo`yicha holat tahlil qilindi

Siyosat 20.07.2020, 22:50
Aholi murojaatlari, shoshilinch yordam mashinalari, dori-darmon ta`minoti bo`yicha holat tahlil qilindi

Bugun, shuningdek, hududlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishini kamaytirish va iqtisodiyot barqarorligi masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Ma`lumki, avvalroq poytaxtimiz va Toshkent viloyatida koronavirus bilan bog`liq vaziyat har tomonlama tahlil qilingan edi. Bu galgi videoselektor yig`ilishida barcha hududlardagi ahvol, dolzarb chora-tadbirlar muhokama etildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari kasallik ko`rsatkichlari, davolanayotganlar soni va bu borada yaratilgan zaxira o`rinlari bo`yicha hisobot berdi. Aholi murojaatlari, shoshilinch tibbiy yordam mashinalari, dori-darmon ta`minoti bo`yicha holat tahlil qilindi.

Pandemiyaga qarshi samarali kurashish uchun qaysi hududga qanday texnika va vositalar kerakligi belgilandi. Prezident mutasaddilarga vaziyatning haqiqiy holatini real vaqt rejimida nazorat qilib, muammolarni tezkor hal etish yuzasidan qat`iy topshiriqlar berdi.

Hududlarda iqtisodiy faollikni tiklashni davom ettirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1