Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ma`lum qildi:
«Koronavirusga tashxis qo`yishning 3 usuli bor:
1. PZR tahlil usuli.
2. Immunoferment tahlil usuli.
3. Ekspress test usuli.
Biz ham tez kunda tashxis qo`yishning IFA hamda ekspress uslublarini tatbiq eta boshlaymiz».
Eslatib o`tamiz, sal avval Farg`onaga Janubiy Koreyadan 5 daqiqada infeksiyani aniqlaydigan ekspress-testlar olib kelingani xabar qilingan edi.






