Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay`ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo`yicha 2020 yil 22 iyul kuniga to`g`ri kelayotgani e`lon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot tog`ida jam bo`ladilar.
2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo`lib, Islom olamidagi eng ulug` bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo`ladi, insha Alloh, deya ma`lum qildi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.






