AsosiySalomatlik

So`nggi kunlarning eng yaxshi xabari! Vaksina topildi

'So`nggi kunlarning eng yaxshi xabari! Vaksina topildi'ning rasmi

Britaniyaning Oksford instituti ChAdOx1 nomli koronavirusga qarshi ta`sirchan vaksina omadli sinovdan o`tganini ma`lum qildi.  Bu haqda shifokor, farmasevt, bloger Abdulazizxon Akramov shaxsiy blogi orqali xabar qilmoqda. 

Mazkur vaksina Shimpanze maymunlarida uchrovchi oddiy gripp virusini modifikasiya qilish yo`li bilan olingan bo`lib, gripp virusini organizm Kovid 19 deb qabul qiladi.  

Soddaroq tilda aytadigan bo`lsak bir martta kiritilgan mikrobga nisbatan organizm immun xujayralari ishlab chiqaradi va bu immun xotirasida qoladi.  

Britaniya 100mln vaksinaga buyurtma berdi. Kompaniya AstroZeneka bilan xamkorlikda vaksina chiqaradi.  

Demak azizlar o`zimizni asrab tursak bizga xam kuzlarda vaksinalar kelishni boshlaydi, deya umid bildirgan shifokor. 

Eslatib o`tamiz, kecha Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani ko`ngillilarda sinash yakunlangani xabar qilingan edi. Ushbu vaksina avgust oyida sotuvga chiqarilishi mumkinligi aytilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar