Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “O`tkir strangulyasion ingichka ichak tutilishi” tashxisi bilan stasionar davolangan.
Bemorda 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o`ta og`ir holatda Zangiota tumanidagi Ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o`tkazilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operasiyasidan so`nggi holat tashxisi qo`yilgan. Bemorda kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, unda o`tkir strangulyasion ichak tutilishi hamroh xastaligi bo`lgan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
SSVning xabar berishicha, bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan u o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






