AsosiyJamiyat

+276. O`zbekistonning 7 hududida yangi kasallanish aniqlandi

'+276. O`zbekistonning 7 hududida yangi kasallanish aniqlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqdash vazirligi, 2020 yil 21 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 (+276) nafarni tashkil etgani  haqida xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari Andijon viloyatida, 42 nafari Namangan viloyatida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 29 nafari Jizzax viloyatida, 23 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda yurtimizda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog`aygan.

️Hozirda mamlakatimizda 8 035 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 76 nafari og`ir, 28 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar