FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 21 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 10:08 da (21.07.2020 yil, Grinvich bo`yicha 05:08 da) Qirg`izistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 71,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 225 km janubiy-sharqiy yo`nalish bo`yicha.
Zilzila O`zbekiston hududida:
- Namangan : 94 km, 2 ball.
- Andijon : 101 km, 2 ball.
- Farg`ona : 36 km, 4 ball.






