“Koronavirus pandemiyasining salbiy ta`sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub`ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiiy axborot" kanali yozmoqda.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:
- umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to`lashdan ozod etiladi;
- jismoniy shaxslar ko`chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`lashdan ozod etiladi;
- mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to`lovlarining eng kam stavkalarini qo`llash tartibi to`xtatib turiladi;
- ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara to`lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to`lovini qayta ko`rib chiqish tavsiya etiladi.
️ 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig`imni to`lashdan ozod qilinadi.
🗓 Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug`ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
🚚 Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini etkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.






