Yaqinda Davergoedezkadastr qo`mitasi tozalash ishlari boshlangani va 7 ta rahbar lavozimini suiiste`mol qilgani, o`z ishiga mas`uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondoshib tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur o`rganib echim topmagani uchun ishdan bo`shatilgan edi.
Joriy yilning 17 iyul sanasida yana 9 tasi rahbar lavozimidan ozod etildi.
Bular Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l, Shomanay, Taxtako`poir, Beruniy, Ellikqal`a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman “Ermulkkadastr” korxonalari rahbar va xodimlari bo`lib, ular balin tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.






