Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
"Bunga turli yosh ko`rsatkichlari va immun javob sabab. Eng zaif guruh – bu butun dunyo ma`lumotlariga ko`ra 65+ yoshdagilar. Shuning uchun har qanday infeksiyadan kimdir engil kasallanadi, kimdir esa reanisiyaga tushadi. Odatda pnevmoniyadan vafot etishadi.
Bu yosh va yondosh kasalliklar, bemorning immun holatiga bog`liq. Hammaning salomatligi turlicha. Infeksiya aksariyat bemorlarda (⅔) engil kechadi, 15% kishida esa pnevmoniya shaklida har-xil asoratlar bilan kechadi."






